Xorazm viloyati, Urganch shaxar P.Maxmud ko'chasi, 162-uy

blog


O‘quv yurti o‘tgan asrning 2 yarmida 1965 yilda Urganch qurilish texnikumi bo‘lib faoliyat yuritgan.  O‘tgan davrda texnikumni 15 mingdan ortiq o‘quvchilar bitirib, viloyatimizning tumanlarida, respublikamizning barcha viloyatlarida, Turmaniston Respublikasining Toshhovuz, Ilolli viloyatlarida, qo‘shni Qoraqolpag‘istonda qurilish va arxitektura sohasida faoliyat olib bormoqdalar. Texnikum asoschisi, Said Ibragimovich Allaberganov 23 yil davomida o‘quv yurtiga rahbarlik qilib, texnikumni sobiq ittifoqning yetakchi o‘rta maxsus o‘quv yurtlari qatorida bo‘lishiga erishgan. Texnikum 1990 yil Urganch qurilish kolledji, 1999 yilda Urganch qurilish kasb-hunar kolleji bo‘lib yetakchi o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan. 1988-2007 yillarda o‘quv yurtiga arxitektura fanlari nomzodi, 2 marta Oliy majlis deputati Ibodulla Baydjanov rahbarlik qildi. O‘quv yurti 2019 yilda Qurilish vazirligi tarkibidagi Urganch qurilish kolleji, 2021 yil 31-avgustdan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi, bir vaqtda Samarqand arxitektura–qurilish universiteti huzuridagi texnikum bo‘lib faoliyat olib bordi. 2024 yil 16-oktyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  "Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-158-sonli Farmoni asosida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Xorazm qurilish va kommunal xo'jaligi texnikumi sifatida faoliyat olib bormoqda. 

Istiqbolda Xorazm qurilish va kommunal xo'jaligi texnikumini oliy ta’lim muassasasiga aylantirish maqsadida rejali ishlar olib borilmoqda.

1965-yil 28-avgustdagi Oʻzbekiston Ministrlar Soveti Qaroriga asosan Urganch shahrida Xorazm Davlat Pedagogika Instituti binosi negizida Qurilish texnikumi oʻz faoliyatini boshlagan. Texnikumga tajribali muallimlar tanlanib, jamoaning pedagogkik kadrlari safi mustahkamlangan.
Ushbu davrda direktor oʻrinbosarlari I.B.Soy, J.Jobborov, kafedra va boʻlim mudirlari E.Xudayberganov, O.Sodiqov, O.Masharipova, M.Sobirova, X.Fatxullayev, Z.Hakimov, oʻqituvchilardan R.Karimov, N.S.Golovanov, Kim Den Xen, Y.S.Gayazova kabi oʻnlab ustozlar samarali mehnat qilishgan.
Texnikumni birinchi direktori - pedagogika fanlari nomzodi Said Ollaberganovdir. U 1965-yildan 1988-yilgacha direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
1988-yildan 2007-yilgacha Memorchilik fanlari nomzodi, professor Ibodulla Boyjonov texnikumga rahbarlik qilgan. 2007-yildan hozirgi kungacha Hayitboy Abdullayev texnikum direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch shaxar P.Maxmud ko'chasi, 162-uy
  • +998 (98) 577-30-16
  • texnikumxr@umail.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi

Texnikum manzili