Xorazm viloyati, Urganch shaxar P.Maxmud ko'chasi, 162-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 2-12-2025, 16:58

Ausbildung dasturi endi Xorazmda

"Askania Bildung” — Germaniyaning ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya bo‘lib, ayniqsa, o‘zining “Ausbildung” dasturi bilan tanilgan. Ushbu dastur orqali oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limi sohasida o‘zining tajribasiga ega. “Ausbildung” – nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatadigan dastur sanaladi. 
Kompaniya vakillari tashrif doirasida Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi hamda universitetning Xorijiy filologiya fakultetlarida boʻlib, “Ausbildung” dasturi va uning imkoniyatlari yuzasidan masʼullar bilan muloqot qilishdi. 
Tashrif yakunida Urganch davlat universiteti hamda “Askania Bildung” kompaniyasi oʻrtasida o‘zaro kelishuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv nemis tilini rivojlantirish, ta’lim va malakali kadrlarni tayyorlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish,  xususan, qo‘shma ta’lim va kasbga yo‘naltirish loyihalarini amalga oshirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yaratish, shuningdek, talaba va bitiruvchilarni loyiha tashabbuslari, amaliyotlar va boshqa amaliy hamkorlik shakllariga jalb qilishni o‘z ichiga oladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Urganch shaxar P.Maxmud ko'chasi, 162-uy
  • +998 (98) 577-30-16
  • texnikumxr@umail.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Texnikum manzili